Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston uchun eng og‘ir masalani kadrlar saviyasi, bilimi, ilmi va fidoyiligida ko‘rishini bildirdi. Bu haqda davlat rahbari 14-avgust kuni o‘tkazilgan birinchi yarim yillikda mamlakatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Nima uchun bunchalik ko‘p qaror chiqyapti? Biz hammamiz izlanishdamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . izlanish, izlanish va yana bir marta izlanish, — deya ta’kidladi davlat rahbari. — Mana shunday og‘ir sharoitda 33 yarim million aholini boqib, ularni rozi qilib, ertangi olgan katta-katta rejalarimizni amalga oshira olamizmi-yo‘qmi, degan savol hammangizni qiynashi kerak. To‘rt yarim oy vaqt qoldi yil yakunlanishiga”.
“Eng katta xavf nimada bizda, degan savol meni qiynaydi. Eng katta xavf —kadrlar saviyasi, bilimi, ilmi va fidoyiligida. Ming afsus, eng og‘ir masala shu”, — dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishdagi har kim o‘z vijdoni oldida hisob berishi kerakligini qayd etdi.
“Bugungi ish uslubimiz bizning bugungi darajamizga mutlaqo javob bermaydi. Agar sizlar o‘zgarmas ekansizlar, vaziyat o‘zgarmaydi. Bugun majlis emas, bugun vijdonimiz oldida hisobot. Shunga munosibmizmi-yo‘qmi? Imkoniyat o‘zimizning qo‘limizda. Biz shundan to‘g‘ri xulosa qilib foydalana olamizmi-yo‘qmi? Suv yo‘qligi, gaz yo‘qligi, elektr yo‘qligi… alam qilmaydimi bizga? Yangi O‘zbekistonni tuzayapmiz, hamma sohalar bo‘yicha demokratik davlat nuqtai nazaridan, oldimizda turgan katta sinovlar nuqtai nazaridan aqlimiz bilan, bilimimiz bilan, sadoqatimiz bilan odamlarni ishontira olamizmi-yo‘qmi?” — deya savol berdi Prezident.