Tojikistonda qizning yaqinlari unga ko‘ngil qo‘ygan yigitni tiriklayin ko‘mishga urindi.

Foto: “Oila”

Ma’lum bo‘lishicha, Tursunzoda shahri yaqinidagi Batosh qishlog‘idan bo‘lgan 23 yashar Xusrav ismli yigit qo‘shni qishloqdagi Sanam ismli qizni yoqtirgan. Yigit va qiz kechki payt uchrashgan chog‘i Sanamning otasi va akalari buni sezib qoladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Ular Xusravni armatura bilan urib, so‘ng o‘ra kovlab, shu yerga tashlaydi va bo‘g‘zigacha ko‘madi. Yigitdan Sanamga uylanishni talab etib, yo‘qsa tiriklayin ko‘mib yuborish bilan tahdid qilishadi.

Ilojsiz qolgan yigit rozi bo‘ladi, biroq uyga qaytgach molxonada o‘zini osib o‘ldiradi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov idoralari shug‘ullanmoqda.

От qwert.uz