O‘zbekistondagi ko‘plab tijorat banklar aholiga dollar sotishni boshladi, deb xabar bermoqdaSputnik

Foto: Reuters

Jumladan, “Ipak Yo‘li” banki ertalabdan valyuta sotishni boshlagan. Buning uchun bankka naqd pul va pasport bilan borish lozim. Ushbu bankda dollar 9 450 so‘mdan sotiladi, 9 350 so‘mdan sotib olinadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Xabarda aytilishicha, keyinchalik har bir bankda o‘zining sotish va sotib olish kursi bo‘ladi.

Asia Alliance Bank’da valyuta ayirboshlash shoxobchalarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etilgan. Bankka 21-avgustdan kelish tavsiya qilingan.

“Kapitalbank” vakili esa bank ayirboshlashga tayyor ekanligini aytgan. Xizmat ko‘rsatish soat 14:00 dan boshlanishi ta’kidlangan, lekin xizmatdan o‘z vaqtida foydalanish uchun 21-avgustdan kelish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 20-avgustdan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

От qwert.uz