Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva farzand tarbiyasini zahmatli, biroq juda zavqli va bir umrlik sayohatga o‘xshatishini bildirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

“Men bolalarim uchun birinchi navbatda ishonchli do‘st bo‘lishga harakat qilaman. Ularni qanday ko‘rishni istasam, o‘zim ham shunday, ularga namuna bo‘lishga intilaman! Orzum o‘g‘limni musiqaga oshno qilish edi, buni ro‘yobga chiqarish uchun 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana fortepiano qarshisiga o‘tirishimga to‘g‘ri keldi”, — deya yozuv qoldirgan Saida Mirziyoyeva.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva “Miromon, bolajonim mening! Uning har bir yutug‘i mening kichik g‘alabamdir”,— deya o‘g‘lining fotolariga izoh bergan.

От qwert.uz