Mamlakat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Foto: YouTube

Ularda davlat rahbariga muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Jumladan, Xitoy raisi Si Szinpinning tabrigida “Siz bilan siyosiy o‘zaro ishonchni mustahkamlash, ikki mamlakat va xalqlar farovonligi uchun O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini uzluksiz va izchil rivojlantirishga erishish maqsadida ‘Bir makon, bir yo‘l’ loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga birgalikda sa’y-harakat qilishga tayyorman”, — deya qayd etilgan.

“Ishonchim komilki, biz bundan keyin ham xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda davom etamiz”, — deyilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qutlovida.

“Sizning Oq uyga tashrifingizni yodga olib, mamlakatlarimiz o‘rtasida so‘nggi yillarda mustahkamlanib borayotgan strategik muloqotlarni yuqori baholashimni ta’kidlashni istar edim.

Shuningdek, Sizning O‘zbekiston ahliga xizmat qiluvchi yanada mustahkam, shaffof va mas’uliyatli tashkilotlar yaratish orqali mamlakat kelajagiga sodiqligingizni qadrlayman. Sizning muvaffaqiyatli yutuqlaringizda sherik bo‘lishdan g‘ururlanamiz”, — deyiladi AQSh prezidenti Donald Trampning tabrigida.

Tabriklar kelishda davom etmoqda.

От qwert.uz