9—21-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati oltin medal sovrindori Bahodir Jalolovga Prezident sovg‘asi topshirildi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topilgan Jalolovga Prezident sovg‘asi — Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan birini topshirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolovga Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili taqdim etilgandi.
Mavzuga doir: Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlariga Tracker va Gentra avtomobillari sovg‘a qilindi
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati