Qirg‘izistonning Botken viloyatida 2016-yilda jazoni o‘tash muassasasidan qochib ketgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Fergana News xabar berdi.

Foto: Fergana News

Erkak viloyatning Qizil Qiya shahrida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish xizmati xodimlari tomonidan ushlangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Aniqlanishicha, qo‘lga olingan erkak qidiruvda bo‘lgan 1983-yilda tug‘ilgan Saydullaxon Abbosov bo‘lib chiqqan. Qirg‘izistonda u Bekpo‘lat Qo‘shoqov ismi bilan yashagan.

2010-yilda Toshkentda sud Abbosovni zo‘rlash, qotillik va talonchilik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilgandi.

Biroq Abbosov 2016-yilda qamoqxonadan qochib ketgan hamda chegarani noqonuniy kesib o‘tib, Qirg‘izistonning Botken viloyati Kadajmayskiy tumaniga ketgan. Bu yerda u o‘ziga yangi tarjimai hol o‘ylab topgan, ismini o‘zgartirgan, uylanib yashay boshlagan.

Qayd etilishicha, Abbosov Qirg‘izistonda ham jinoiy harakatlarini davom ettirgan. U Qizil Qiya va Qadamjoy shaharlari aholisidan jami 300 ming som (4,3 ming dollar) miqdorida pulni aldov yo‘li bilan undirgan.

O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish moddasi bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qochoqning hibsga olinishi to‘g‘risida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari xabardor qilinganmi, yo‘qmi hozircha noma’lum, deyiladi xabarda.

От qwert.uz