1-oktabrdan O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamayganligi sababli chipta narxi mos ravishda pasaytirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi “O’zbekiston temir yo‘llari” AJning barcha mahalliy va xalqaro poyezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishli — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Mavzuga doir: O‘zbekiston yo‘lovchi vagonlari parki 5 yil ichida 80 foizgacha yangilanadi
Avvalroq, Toshkent yo‘lovchi vagonlarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish zavodi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan yangi vagonlar partiyasini tayyorlagani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yo‘lovchi vagonlari parki 5 yil ichida 80 foizgacha yangilanadi.