Manba:: https://kipmu.ru/interesnye-fakty-o-yaponii/

Интересные факты о Японии

Yaponiya — sayyoxlar uchun eng sirli va qiziqarli davlatlardan biri bo‘lib xisoblanadi.. Bu yerdagi madaniyat boshqa mamlakatlarnikidan butunlay tubdan farq qiladi. Xar bir xoxlovchi maroqli sayoxat qilish uchun u yerga borishi va bu millat qabul qilgan ajoyib urf-odatlar, tartiblarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin.

Dunyodagi eng tartibli poyezd faqat Yaponiya bo‘ylab xarakatlanadi. U kunlik xarakat jadvalidan bor yo‘g‘i 18 sekund farqi bilan xarakatlanishi mumkin. Poyezd tarkibi «Magnitli yostiq» bilan jixozlangan bo‘lib, 600 km/soatgacha bo‘lgan eng yuqori tezlikga qadar xarakatlana olish quvvatiga ega.

Yaponiyada umr ko‘rish davomiyligi

Bu yerda dunyo bo‘yicha eng uzoq umr ko‘rish qayd etilgan. U 83,6 yilni tashkil etadi. Xozirda u yerda yashaydigan odamlardan 50 ming nafari allaqachon o‘zlarining 100 yillik tavalludlarini nishonladilar. Maxalliy axoli mo‘ynali uy xayvonlarini yaxshi ko‘rishadi. Ularning soni, bolalarni soniga qaraganda ko‘proq. Statistik ma’lumotlarga qaraganda uy xayvonlarining soni 19 millionga yaqin bo‘lsa, bolalarning soni esa 15 milliondan sal ko‘proq. Qariyb million nafar yaponlar ijtimoiy xayotdan voz kechib, o‘zlarini ko‘ngilli ravishda yolg‘izlikga maxkum qilganlar. Bunday xatti-xarakat xikikomori deb ataladi.

Shaxarlardagi ko‘chalarning katta qismi o‘z nomiga ega emas. Ularni faqatgina kvartal raqami orqaligina ajratib olishadi. Yaponlarda ish joyida uxlab olish odatiy xol deb xisoblanadi. Raxbarlar bunday xatti-xarakatga umuman qarshilik qilmaydilar. aksincha, ish joyida uxlab qolgan inson, qattiq berilib ishlaganligidan charchagan va u bu tarzda dam olishga loyiq deb xisoblanadi.

Yaponiyada o‘qish

Maktablar va oliy o‘quv yurtlari 1 apreldan ish boshlashadi. Yil 3 ta semstrga bo‘linadi va bular orasida unchalik katta bo‘lmagan ta’tillar mavjud. O‘quvchilarning formalari chetdan kelganlarni lol qoldirishi mumkin. Qizlar yubka kiyishadi. Bu yubkalarning uzunligi pastki sinfdan yuqori sinflarga o‘tgan sari, qisqarib boradi. Bitiruvchi qizlar kalta yubkalardan ko‘rinib turgan chiroyli uzun oyoqlari bilan maqtanishlari mumkin bo‘ladi. Avliyo Valentin kunida faqat erkaklargina sovg‘a olishlari mumkin. Faqat shu kuni qizlar sevikli kishisiga o‘z xislarini tortinmasdan izxor qila oladilar. Boshqa paytlarda esa bu kabi erkinliklar olqishlanmaydi. Yaponiyada erkaklar g‘oyatda jasur va mard bo‘lishadi. lekin sevgi izxor qilish — ular uchun chinakam azob bilan barobardir. Ular qizning qo‘lini va qalbini so‘ramoqchi bo‘lganlarida, shunchaki quyidagi jumlalarni aytishadi xolos: «Sen menga bir umr sho‘rva tayyorlashga rozimisan».

Dunyodagi eng xalol politsiyachilar Yaponida yashashadi. Ular xech qachon pora olishmaydi, pora berish bilan bog‘liq xar qanday xatti-xarakatni shaxsni xaqorat qilish deb qabul qilishadi. Dunyodagi eng xavfsiz shaxar — bu Tokio xisoblanadi. Kattalar o‘zlariga va atrofga shunchalik ishonishadiki, kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘zlarini jamoat transportida bemalol shaxarni aylanib kelishlariga ruxsat berib yuborishadi. Osaka shaxrida katta avtotrassa yo‘lning bir qismi xisoblangan Biznes-markazi mavjud. Ushbu bino qurilishi boshlanganda avtotrassa yo‘lida trasnportlar qatnoviga allaqachon yo‘lga qo‘yilgan edi. Yo‘lni berkitish va yoki yo‘nalishini o‘zgartirishning sira xam iloji topilmagan. Shu tariqa, arxitektorlar yo‘lni qurilayotgan Biznes-markazining qoq o‘rtasidan o‘tkazishga qaror qilishgan. Yerdan olinadigan daromad saqlab qolingan, shaxar esa sayyoxlar uchun yana bir qiziqarli ob’ektga ega bo‘lgan.

Осака: бизнес центр - шоссе
Osaka : Biznes markaz — shosse

Braziliyada eng yirik yapon diasporasi mavjud. Ularning soni 15 milliondan oshadi. 19-asrning oxirida immigratsiya mamlakat axolisining xaddan tashqari ko‘payib ketishi sababli boshlangan. Okunosima oroli «Quyonlar oroli» sifatida tanilgan. Bu orolda 700 ga yaqin quyon xayot kechiradi. Bular yovvoyi xayvonlardir. Ular o‘zlarini erkin va qulay xis qilishadi, shaxar ko‘chalarida bemalol yurishadi va insonlardan umuman qo‘rqishmaydi.

Barcha shimoliy shaxarlarda sovuq mavsumda piyodalar yo‘lakchalari isitiladi. Shu sababdan, muzgarchilik maxalliy axoli uchun muammo tug‘dirmaydi.

Yaponlarning punktualligi

Ularda ishga kechikib kelish masalasiga salbiy munosabatda bo‘lishadi. Yaponiyaliklarda ishga o‘z vaqtida kelish, belgilangan ish vaqtidan yarim soat oldin ish joyida bo‘lish demakdir.

Punktuallilik — yaponiyaliklar uchun juda muxim xususiyatlardan biridir. Jamoat transportini xattoki bir minutga kechikishiga xam yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar Siz maxalliy axoli tomonidan uchrashuvga taklif qilingan bo‘lsangiz, belgilangan vaqtga kelish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.

Bu insonlar taomga aloxida mexr bilan qarashadi. Kechki ovqat vaqtida siz bir necha bor taomga qoyil qolganligingizni bildirib va oshpazni maqtashingiz lozim.

Yaponiyaga jo‘nayotib, ularning ona tillaridagi bir nechta iboralarni albatta yod oling. Ularning tili juda murakkab xisoblanadi. Yapon tilida bir ozgina bo‘lsa xam so‘zlarni ayta olgan kishi, albatta Yaponlarning obro‘-e’tiboriga va xurmatiga sazovor bo‘ladi. Bu ajoyib mamlakatda bo‘lishni — ko‘pchilik orzu qiladi. Bu yerga tashrif buyurgan xar bir inson — ko‘plab qiziqarli va ibrat bo‘larli narsalarni guvoxi bo‘ladi. Xullas, ushbu jamiyatda qabul qilingan urf-odatlar va rasm-rusumlarni yer yuzining boshqa xech qaysi mamlakatida uchrata olmaysiz!

От qwert.uz