Bangladeshda sud 19 yoshli talaba qizni joriy yilning aprel oyida yoqib o‘ldirgan 16 nafar jinoyatchiga hukm o‘qidi va ularga o‘lim jazosi tayinladi. Bu haqda Bdnews24 xabar berdi.
Foto: Bdnews24
Xabarga ko‘ra, jinoyatchilar Nusrat Jahon Rafi ismli qizning ustiga kerosin sepib uni yoqib yuborgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Jinoyatga qizning maktab-madrasalardan birining direktoriga nisbatan o‘ziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida bergan da’vosini qaytarib olmagani sabab bo‘lgan. Ushbu fojia sabab mamlakatda katta siyosiy mojaro kelib chiqqan va norozilik namoyishlari boshlanib ketgan. Qiz voqea sodir bo‘lganidan keyin bir necha kun o‘tgach shifoxonada vafot etgan. Tergov davomida jinoyatga aloqador 16 nafar fuqaro hibsga olindi, yakunda ularning hammasi o‘zaro guruh bo‘lib qotillikni sodir etgani oydinlashdi.
“Ushbu hukm Bangladeshda hech bir qotil adolatli jazodan qutula olmasligini yana bir karra isbotladi. Hamma mamlakatda qonun ustuvorligi ta’minlanganligini ko‘rib qo‘ysin”, — deya jurnalistlarga intervyu bergan sud ishida ishtirok etgan prokuror Hafiz Ahmad.