Hindiston fuqarosi Subxash Yadav juda ko‘p tuxum iste’mol qilgani sababli halok bo‘ldi. Bir o‘tirishda 50 ta tuxum yeya olishni maqsad qilgan Subxash 41-tuxumni yeb bo‘lgach, hushidan ketgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Foto: YouTube
42 yoshli hindistonlik erkak do‘sti bilan birga bozorga borgan va ikkovlon u yerda o‘zaro tortishib qolgan. Nizoni o‘ziga xos bahslashuv bilan hal etmoqchi bo‘lishgan. Kelishuvga ko‘ra, bir o‘tirishda 50 ta tuxumni yeya olgan g‘olib 2 ming rupiyaga (21 funt sterling) ega bo‘lardi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Yadav 41-tuxumni yeb bo‘lganidan keyin hushdan ketgan. Bemor zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uni qutqarib qola olmadi. Shifoxonadagilar o‘limning ko‘p va kuchli ovqat iste’mol qilinishi natijasida ro‘y berganligini ta’kidlagan.