Namanganda taniqli tadbirkor, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovning ammasi Azizaxon Usmonova vafot etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Burhonjon Usmonovning kichik singlisi bo‘lgan Azizaxon Usmonova Namangan shahrida istiqomat qilgan. 4 qiz, ikki o‘g‘ilning onasi, sobiq tibbiyot xodimi bo‘lgan onaxon 84 yoshida olamdan o‘tdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan dafn marosimida Alisher Usmonovning ukasi Bahodir Usmonov, singillari Gulbahor va Saodat Usmonovalar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Usmonovning kichik amakisi Nosirjon Usmonov hayot bo‘lib, u kishi ham Namangan shahrida yashaydi.

От qwert.uz