Toshkent shahar hokimligidan bino buzilishi natijasida yuzaga kelgan qarzi tadbirkor foydasiga undirib berildi. Bu haqda “Daryo”ga Biznes-Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Review.uz”

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar hokimining 2019-yil 12-maydagi qarori bilan “O‘zavtotexxizmat” MChJga tegishli Toshkent shahar Yashnobod tumani, Olmaliq halqasi, 1-uyda joylashgan obyektning bir qismi 486 kvadrat metr qurilish osti maydonida joylashgan umumiy maydoni 1 458 kvadrat metr bo‘lgan bino kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmasdan buzilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bu bilan tadbirkorning konstitutsiyaviy huquqlari buzilgan.

Prezidentning 2019-yil 13-avgustdagi Farmoni bilan Biznes-Ombudsmanga xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish hamda mansabdor shaxslar tomonidan suiiste’mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko‘rish vazifalari yuklatilgan.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha Toshkent tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilgan. Kiritilgan da’voga asosan Toshkent shahar hokimligidan “O‘zavtotexxizmat” MChJ foydasiga 3 milliard 210 million so‘m kompensatsiya undirish va 486 kvadrat metrga teng yer maydonini ajratish majburiyati yuklangan va hozirda summa to‘liqligicha tadbirkorga undirilishi ta’minlangan.

От qwert.uz