Senat tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Qonunda davlat boji undiriladigan obyektlar va davlat boji stavkalarining miqdorlari nazarda tutilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Shu bilan birga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda, iqtisodiy sudlarda va ma’muriy sudlarda, notarial harakatlar amalga oshirilganda, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishda, shu jumladan xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish va berishda, konsullik yig‘imini to‘lashda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tartibi va ozod qilinadigan shaxslar ro‘yxati belgilanmoqda.

Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach, rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

От qwert.uz