O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Yulduz Usmonova “Aldadi” deb nomlangan video klipida qo‘liga yo‘lbarsning rasmi tushirilgan holatda ko‘rinish bergan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. .

Foto: “Daryo”

Yulduz Usmonova suhbat davomida ushbu holatga izoh berdi.

Bu tatuirovka, nakleyka emas. Gollandiyada yashab yurganimda bu tatuirovkani qildirgandim. Haligacha oldirib tashlolmadim. Tatuirovka qilmoqchi bo‘lganlar bunaqa qilmanglar. Bu juda yomon, yaramas narsa ekan. Har oy it azobida lazerga borib kelaman. Qayerga borsam, shu haqda so‘rayapman, afsuski, hozircha bundan qutulish uchun shu lazerdan boshqa hech narsa chiqmabdi.

Yo‘lbarsning ham yarmi ketib, xiralashib turibdi. Bu narsa xato. O‘sha paytlarda yonimda hech kimim yo‘q edi-yu, to baxtimni topgunimcha nechta turmushga chiqdim. Necha qoqilib, necha marta turdim. Oldinga qarab intilaverdim. Shu tatuirovkani ham ahmoqgarchilik paytida qilgan ekanman. Tatuirovka qilmoqchi bo‘lganlar, shuni qilmanglar, bu ahmoqgarchilik.

Meni qilgan xatoyim ibrat bo‘la olsa, shu ishni qilmanglar. Boshingda turadigan katta bo‘lmasa ham qiyin ekan. Allohga shukr, shu kunlargacha omon-eson yetib keldim.

Yulduz Usmonova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti

Yulduz Usmonova o‘zbek shou-biznesida tanasiga tatuirovka chizdirgan yagona san’atkor emas. Aktyor va prodyuser Alixan ham bu borada yoshlik qilib qo‘yganlardan biridir.

Foto: “Daryo”

U intervyularidan birida qo‘liga chizdirgan tatuirovka haqida “Bu narsani o‘chirg‘ich olib, o‘chirib tashlab bo‘lmas ekan. Ammo vaqti kelib tatuirovkani o‘chirishga va’da beraman”, deb aytgan edi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova suhbat davomida o‘n yil davomida “zapret”da yurishiga sabab bo‘lgan voqealar, Gulnora Karimova va “Gulisan” qo‘shig‘i atrofidagi gap-so‘zlarga ham izoh berib o‘tgan.

От qwert.uz