O‘zbekistonda 2019-yil 26-dekabr kuni halqasimon quyosh tutilishi yuz beradi. Ushbu astronomik hodisani respublikaning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Foto: O‘zA
Ma’lum qilinishicha, quyosh tutilishi 26-dekabr kuni ertalab soat 8:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi. Soat 9:00 atrofida tutilish eng yuqori darajaga yetadi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi.