24-dekabr, seshanba kuni Zafarobod tumanida yashovchi 50 yoshli Sh.O‘. tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.

Foto: IIV Tergov departamenti

Unda o‘g‘li, 2002-yilda tug‘ilgan R.N. Do‘stlik ko‘chasidagi uylarning oldida ketayotganida noma’lum shaxs ushlab olib, urib tan jarohati yetkazgani, bahosi 900 000 so‘mlik Samsung rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirib, ushbu shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 41 yoshli S.B. sodir etganligi aniqlanib, undan Samsung rusumli telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi “b” bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi, voyaga yetmagan R.N. 3 nafar shaxs orasidan aynan S.B.ni tanib olgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

От qwert.uz