O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev al-Xorazmiy maktabida yoshlar bilan uchrashuvda chiqish qilarkan, siyosiy muxolifat haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?”, — deya savol berdi Prezident  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

“Men Prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman, lekin u o‘zimizda shakllanishi uchun muhit yaratish kerak, toki u odamlar xalqning muammolarini bilsin, muammolarni xalq bilan yengib o‘tsin, shu yerda suv ichib, shu yerda non yesin”, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev xorijda shakllanib, u yerdan keladigan muxolifatni mamlakatga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Avvalroq Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev sun’iy yaratilgan muxolifat partiyasidan foyda yo‘qligini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng asosiysi bunday partiyalar yasama emas, haqiqiy bo‘lishi kerak.

Ayni vaqtda, senatorning fikricha, O‘zbekistondagi institutsional jarayonlar, qonunlar muxolifatning tabiiy shakllanishini cheklamasligi kerak.

От qwert.uz