“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2019-yilda Instagram’dagi akkaunti orqali hammadan ko‘p daroma ko‘rdi. U Buzz Bingo kompaniyasi tomonidan tuzilgan ijtimoiy tarmoqning eng boy yulduzlari reytingini boshqarmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Foto: Reuters
Xabarga ko‘ra, portugaliyalik sportchi 38,2 million funt sterling daromad ko‘rgan. Tahlilchilarning baholashicha, KriRo bitta homiylik postidan taxminan 780 ming funt sterling mablag‘ ishlagan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ikkinchi o‘rinni 2019-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan argentinalik Lionel Messi egalladi. 2019-yilda Instagram’da qo‘yilgan homiylik postlari unga 18,7 million funt daromad keltirgan.
Foto: The Sun
Uchlikni amerikalik supermodel Kendal Jenner yakunlab bergan. U yil davomida ijtimoiy tarmoq orqali 12,7 million funt ishlab topgan.
Foto: The Daily Beast
Shuningdek Instagram’ning eng boy yulduzlari qatoriga sobiq futbolchi Devid Bekxem va “PSJ” forvardi Neymar, qo‘shiqchi Selena Gomes, model Kayli Jenner va uning opasi Xloya Kardashyan ham kirgan.
Foto: The Sun
Mavzuga doir:
- Forbes 2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan yulduzlar nomini ma’lum qildi
- Dunyoda eng yosh milliarder ayol 450 ming dollarlik mashinasini ko‘z-ko‘z qildi
- Yiliga 22,5 million dollar to‘lanadigan model (foto)
Kayli Jenner o‘tgan yilning mart oyida o‘zi millionlab pullar ishlab topgan eng yosh milliarder ayol debe’tirof qilingandi. Model boyliklarining asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlab topilgan va keyinchalik biznesga aylanganini ta’kidlagan. Kayli ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni ko‘pligi tufayli ular orqali biznesga qadam qo‘ygan.