BMT Bosh Assambleyasida yetti davlat budjet uchun badal pulini to‘lamagani uchun ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bular — Markaziy Afrika Respublikasi, Gambiya, Lesoto, Tonga, Yaman, Venesuela va Livan. Bosh Assambleyaga jami 193 davlat a’zo bo‘lgan, deb xabar qiladi “Kommersant”.

Foto: “Kremlin.ru”

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning ma’lum qilishicha, yana uchta mamlakat — Komor orollari, San-Tome va Prinsipining ham qarzi bor, biroq ular sentabrga qadar ovoz berish huquqini o‘zida saqlab qoladi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.

Rossiya 2020-yilda o‘z xohishi bilan BMTga 58 million dollar badal to‘lagan.

Ta’kidlanishicha, BMT budjet taqsimotining eskirgan tartib-qoidalari sabab qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qilgandi. Reglamentga ko‘ra davlatlar har yili 31-yanvarga qadar BMTga badal pulini to‘laydi.

От qwert.uz