Namanganlik fermer o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Namangan viloyati Mingbuloq tumandagi “A.XX.” fermer xo‘jaligi rahbari T.X. (58 yosh) boshqa fermerdan 15 ming AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Qarzni qaytarish imkoniyati bo‘lmaganidan tushkunlikka tushgan T.X. o‘ziga tegishli “Ij-27 Ye” rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zining yuragiga tirab, o‘ziga o‘q uzgan. Oqibatda T.X. hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

От qwert.uz