Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni mamlakat parlamentiga murojaatnoma yo‘lladi. Unda Putin mamlakat konstitutsiyasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: “RIA Novosti”

  • Xalqaro huquq ustuvorligini cheklash;
  • Rossiya hukumatini tayinlash jarayonini o‘zgartirish. Hukumat raisi, o‘rinbosarlari va vazirlarni parlament tasdiqlaydi;
  • Kuch ishlatar tuzilmalar rahbarlarini tayinlash jarayonini o‘zgartirish. Prezident ularni Rossiya Senati bilan maslahatlashuvdan so‘ng tayinlaydi;
  • Prezident lavozimini bir kishi ketma-ket ikkitadan ortiq muddat egallashini taqiqlashga doir tartibni o‘zgartirish;
  • Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodning mamlakatda doimiy yashagan davriga doir talabni 10 yildan 25 yilga oshirish;
  • Sudyalar, Rossiya Federatsiyasi subyektlari rahbarlari, deputatlar va senatorlar, hukumat rahbari va vazirlarning xorijiy fuqarolik va chet elda yashash huquqiga ega bo‘lishini taqiqlash;
  • Ushbu tartibni davlat rahbari uchun yanada qat’iylashtirish: prezident nafaqat saylangan vaqtida, balki o‘tmishda ham chet elda yashash huquqini beruvchi guvohnoma yoki xorijiy fuqarolik olmagan bo‘lishi lozim;
  • Davlat kengashini konstitutsiyaviy organga aylantirish;
  • Rossiya Senatiga Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalarini lavozimidan ozod qilish huquqini berish.
  • Bunday iste’folar Rossiya prezidenti taqdimnomasiga ko‘ra obro‘sizlantiruvchi qilmishlar uchun amalga oshiriladi;
  • Konstitutsiyaviy sudga federal qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini Rossiya prezidenti imzolaguniga qadar teshirish huquqini berish. Bunday tekshiruvlar prezident taqdimnomasiga asosan o‘tkaziladi;
  • Konstitutsiyaga pensiyalar majburiy indeksatsiyasi va yashash minimumiga tenglashtirilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori haqidagi normalarni kiritish.

Ma’lumot uchun, ushbu takliflar oqibati o‘laroq, Dmitriy Medvedev boshliq Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’fo berishini e’lon qildi. Putin Medvedevga Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini taklif qildi.

От qwert.uz