Rossiya hukumati 15-yanvar kuni to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu haqda prezident Vladimir Putin va hukumat a’zolari ishtirokidagi

yig‘ilishda e’lon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Medvedev ushbu qarorni Putin Rossiya parlamentiga yo‘llagan murojaatnomasi vaqtida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ilgari surgani bilan izohladi. Putin hukumat a’zolariga olib borgan faoliyatlari uchun minnatdorlik bildirib, ularning har biri bilan alohida-alohida uchrashishga va’da berdi.

От qwert.uz