Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi Twitter sahifasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovning kechki ovqati surati joylashtirildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Twitter / Russia in Uzbekistan

“Toshkentda vazir uchun lag‘mon tayyorlandi — Sergey Viktorovichning sevimli taomi. O‘zbekcha yumshoq kuch amalda”, deyiladi elchixona tvitida.

Sergey Lavrov 15-yanvar kuni Toshkentga keldi. Uning Toshkentga rasmiy tashrifi sanasi 12—13-yanvarga rejalashtirilgan edi. Ammo xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirining 15—16-yanvarga ko‘chirilgan.

Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020—2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.

От qwert.uz