Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra 2020-yil 1-martdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: “Platesmania.com”

Hozirgi tartibga ko‘ra inkassatsiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanadi.

Shuningdek, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha belgilanadi.

Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.

Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

От qwert.uz