O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Makka hamda Madina muqaddas shaharlarini ziyorat qildi. Qo‘shiqchining Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan birga namoz o‘qiyotgani aks etgan suratlar yuklangan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Instagram/@yulduzibragimovnausmonova
Yulduz Usmonova ushbu suratlar qachon va qayerda olinganiga oydinlik kiritmagan. Lekin manzaralar va tashqi muhitdan xonandaning ayni kunlarda Makka va Madina ziyoratida yurgani taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, Usmonova e’lon qilgan videoda o‘zbekistonlik ayolga ziyoratlar yaxshi o‘tishi haqida tilak bildirilganini tomosha qilish mumkin.
2019-yil dekabr oyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoq orqali hadislarni talqin qilishi foydalanuvchilarning keskin e’tiroz va tanqidlariga sabab bo‘lgan, Muslumonlar idorasi ushbu vaziyatga munosabat bildirgandi. Keyinchalik Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Yulduz Usmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan va bu mavzuga boshqa qaytmaslikka kelishib olingan.