O‘tgan yil oxirida Xorazm viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida uch oy davomida majburiy davolangan bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

“Hurmatli vatandoshlar, men o‘z yurtimni tark etib ketishga majbur bo‘ldim. Buni jur’atsizlik yoki qochib ketish deb baholamasliklaringizni, aksincha, tark etib ketish deb bilishlaringizni xohlardim”, — deb yozgan u Facebook’dagi sahifasida  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida unga bir necha bor bosim o‘tkazilgan, shoir va jurnalist Mahmud Rajapovning Xorazmdan Toshkentga piyoda yurish kampaniyasini yoritgandan so‘ng ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani esa uning o‘zgarishlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan.

Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilib, Toshkentga qaytgach, u yo‘qligida uyiga uch marta ruhiy bemorlar ro‘yxatiga kiritish uchun shifokorlar kelgan. Nafosat Olloshukurovaning fikricha, ularning maqsadi uni yana ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish bo‘lgan.

Bloger noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh psixiatri Levon Ambarsumov uning ruhiy holati vaqtinchalik ekani va surunkali kasallik emasligini aytgan bo‘lsa ham, nima sababdan uni ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatga o‘tkazishmoqchiligini so‘ragan. “Men O‘zbekistonda blogerlar erkin faoliyat ko‘rsata olmaydi, degan qarorga keldim va bosh olib chiqib ketishga majbur bo‘ldim”, — deb yozgan u.

Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etishga yordam bergani uchun AQSh elchixonasi, Inson huquqlarini himoya qiluvchi “Ezgulik” jamiyati, xususan Abdurahmon Tashanov, advokat Umidbek Davlatovga minnatdorchilik bildirgan.

“Gazeta.uz”ga yaqinda bergan intervyusida Nafosat Olloshukurova o‘zini xavfsiz his qilmasligini, ammo u inson huquqlari sohasidagi faoliyatini davom ettirish niyatida ekanligini bildirgandi.

От qwert.uz