2019-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, Ukraina aholisi 37 million 289 ming kishini tashkil etdi. Bu kabi ma’lumotlar aholini sinov tariqasida elektron ro‘yxatga olish jarayonlari davomida olingan, deb xabar beradi Ukraina vazirlar mahkamasi vaziri Dmitriy Dubilet.

Foto: Censor

Statistikani tayyorlashda Qrimda, shuningdek, Lugansk va Donetsk viloyatlari hududida yashayotgan aholi hisobga olinmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Tahlil davomida Ukrainaning uchta mobil operatorlar tarmog‘idagi Davlat statistika qo‘mitasi va elektron resurslarning ma’lumotlaridan, shuningdek, jismoniy shaxslarning davlat reyestridagi ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Mustaqil Ukraina tarixida aholini ro‘yxatga olish faqat bir marta — 2001-yil 5-dekabrda amalga oshirilgan. O‘sha vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 48 million 457 ming odam yashagan.

Ta’kidlanishicha, Qrim, DXR va LXR hududlarida jami 5,5 millionga yaqin odam yashaydi.

От qwert.uz