O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili Xusnulla Asadullayev mamlakatda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar va ularning ota-onalariga murojaat yo‘lladi.

Foto: AP Photo

“Bugungi kunda jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida koronavuris tarqalayotgani haqidagi xabarlar keng tarqatilmoqda. O‘z o‘rnida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati Xitoydagi vaziyat elchixonamiz va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonamiz tomonidan nazoratga olingani hamda mazkur yo‘nalishda uzluksiz ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili Xusnulla Asadullayev epidemiya markazi bo‘lgan Uxan shahrida ta’lim olayotgan yoshlarimiz bilan hozirgi vaqtga qadar doimiy aloqada bo‘lib turibdi va mavjud ma’lumotga ko‘ra, vaziyat mahalliy Hukumat vakillari tomonidan to‘liq nazoratga olingan, qolaversa Xitoy Xalq Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasi va Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan ushbu masalani hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu bois yoshlarimizdan noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan vaziyatni keskinlashtirmaslikni iltimos qilgan holda holat yuzasidan savollar bo‘lsa, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va assotsiatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili bilan bog‘lanishi mumkinligini ma’lum qilamiz. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishonch telefoni: +99899 345 55 59”, — deyiladi murojaatda.

От qwert.uz