XXR raisi Si Szinpin, pnevmoniya epidemiyasiga sabab bo‘lgan yangi koronavirusning tarqalish tezligi tezlashib borayotganini, “vaziyat og‘ir” ekanini aytdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: “Interfaks”

Meduzaning yozishicha, Si Szinpinning bunday bayonotni koronavirusga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan siyosiy byuroning yig‘ilishidan so‘ng bergan.

“Biz kasallikka qarshi kurashni va ularning oldini olishni doimiy ravishda kuchaytirmoqdamiz. Biroq hozir biz jamoat sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy favqulodda inqirozga duch keldik”, — deydi Si Szinpin.

25-yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 41 kishi halok bo‘ldi, 1372 kishi virusni yuqtirgan. Xitoydan tashqarida koronavirus kasalligi Tailand, Vyetnam, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Nepal, AQSh va Avstraliyada aniqlangan.

24-yanvar kuni kechqurun Fransiya hukumati ikki kishini vurisni yuqtirib olganini e’lon qildi.

От qwert.uz