Facebook’ning 2019-yildagi daromadi 27 foizga o‘sib, 70,7 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar beradi The Wall Street Journal kompaniyaning choraklik hisobotiga tayanib. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 15 milliard dollarga ko‘pdir — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: AP
Meduza’ning yozishicha, sof daromad 7 foizga o‘sib, 7,3 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, kompaniyaning to‘rtinchi chorakdagi xarajatlari 2018-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 34 foizga oshib, 12 milliard dollarga yetdi.
O‘tgan yil davomida Facebook aksiyalari 55 foizga o‘sdi va hozirda bitta qimmatli qog‘oz narxi 220 dollardan qimmatdir.
Ijtimoiy tarmoqning kunlik auditoriyasi 1,66 milliard foydalanuvchi, oylik auditoriyasi esa 2,5 milliard foydalanuvchini tashkil etadi. Har oyda kompaniyaning barcha dasturlari, jumladan, Instagram, Messenger va WhatsApp’dan 2,89 milliard kishi foydalanadi.
Forbes ma’lumotlariga ko’ra, choraklik hisobot e’lon qilingandan so‘ng, Facebook aksiyalari qariyb 7 foizga tushib ketdi. Shu sharoitda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergning boyligi 5 milliard dollarga qisqarib, 77 milliard dollarga tushib ketdi.