Xitoydagi o‘zbekistonlik doktorant hamyurt talabalarga bu yerni tark etmaslikni maslahat berdi

Xitoyda biologiya yo‘nalishida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik doktorant Baxtiyor Sheraliyev Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalarga bu yerni tark etmaslikni maslahat berdi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Azon.uz”

“Biz aynan mana shundan qo‘rqyapmiz, ya’ni borganlarni tekshirib bera olish imkoni bizning sog‘liqni saqlash tizimida bormi yoki yo‘qmi?  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Virusning inkubatsion davri odamning immunitetiga qarab 2-14 kun bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida sog‘lom odamdek yuraveradi, lekin atrofdagilarga virus yuqtiraveradi”, — ta’kidladi doktorant.

Baxtiyor Sheraliyevga ko‘ra, aeroportdagi teplovizor bilan odamni isitmasi borligini bilsa bo‘ladi, xolos. Yangi yuqtirgan odamda isitma bo‘lmaydi va uni teplovizor sezmaydi. Yangi yuqqanda o‘pkani rentgen qilsa ham hech narsa chiqmaydi.

“Shu bois Xitoydan borganlarni 14 kun alohida izolyatsiya qilish kerak, shu vaqt oralig‘ida sog‘ tursagina uyiga yuborish kerak. Aks holda butun boshli O‘zbekistonga kasallik tarqalib ketishi mumkin. Mana shu bois ham ketmasdan shu yerda kutinglar, deyapmiz. Bu yerda sharoitlari bor, aniqlay olishadi. Kasal bo‘lsa, davolash imkoniyati O‘zbekistondan yaxshiroq. Vaziyatga real qaraylik. Masalan, men ham uyga qaytgim kelyapti, lekin oilamning hayotini xavfga qo‘ya olmayman. Undan ko‘ra sabr qilib, shu yerda kutaman”, — deydi Baxtiyor Sheraliyev.