Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 31-dekabrdagi qaroriga asosan O‘zbekistonda 2020-yil 1-fevraldan ish haqi va nafaqalar miqdori oshiriladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Daryo”
Bugundan e’tiboran budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.
2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda:
- Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m;
- Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m;
- Eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m;
- Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m;
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m etib belgilangan.
Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishsiz qoldirilgan — 223 000 so‘m.