Bugun dunyoga mashhur qo‘shiqchi Shakira 43 yoshga to‘ldi. Shakira Izabel Mebarak Ripol 1977-yilda, Kolumbiyaning Barrankilya shahrida tavallud topgan. Qo‘shiqchi otasining birinchi turmushidan 8 nafar farzandi bo‘lgan va uning kelib chiqishi Livandan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan migrantlardan hisoblanadi. Onasida esa ispan, italyan qoni bor  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: Google Images

Bo‘lajak yulduz, bolaligidayoq harflarni tanib, ona tilida o‘qiy va yoza olgan. 4 yoshligida she’r yozgan, shuningdek raqs bilan shug‘ullangan.

Foto: Google Images

Yaqinlari tomonidan kelajakda yozuvchi, rassom yoki raqqosa bo‘lsa kerak deb taxmin qilingan qo‘ng‘iroqsoch qizaloq, qo‘shiqchi bo‘lishni tanlagan. Lekin bolaligidagi qiziqishlari uning san’atida aks etmay qolmagan. U birgina qo‘shiqlar ijro etmadi, ularning matnini ham o‘zi yozdi qolaversa, sahnadagi pozitiv kayfiyat ulashuvchi raqslari bilan millionlab insonlar qalbini zabt etdi.

Foto: Google Images

Uning san’atga qadam qo‘yishida ishtirok etgan tanlovlari ahamiyatli bo‘ldi. 1990-yilda yosh Shakira mahalliy iste’dodlar tanlovida teatr jurnalisti Monika Arizo bilan tanishib qolgan va aynan shu tasodifiy uchrashuv uning karyerasidagi muvaffaqiyatga sabab bo‘lgan, ya’ni Sony Music kompaniyasining Kolumbiyadagi bo‘limi bilan shartnoma imzolagan.

Foto: Google Images

1994-yil maktabni bitirgach, o‘zini aktrisa sifatida sinab ko‘radi hamda “El Oasis” melodrama janridagi serialda rol o‘ynaydi. Bosh qahramon ijrosi uchun, Kolumbiyaning TV GUIA jurnali uni “Miss TVK” deb atab, bo‘lajak yulduz uchun suratga tushishni uyushtiradi.

Foto: Google Images

Shakiraning repertuaridan o‘rin olgan aksariyat qo‘shiqlar xit darajasiga ko‘tarilib, muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ladi. 1995-yilda Shakira Nuestro Rock plastinkasi uchun maxsus “Donde Estas Corazon” qo‘shig‘ini yozadi. 1996-yilda muxlislarga taqdim etilgan plastinka, uning birinchi rasmiy studiyadagi loyihasi bo‘lgan. Albomning budjeti 100 ming dollarni tashkil qilgan. Dunyoning turli burchaklari xususan, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Chili, Ekvador, Peru va Venesuelada tez muddatda sotilgan.

Foto: Google Images

Shakira ijodni boshlagan yillaridayoq xalqaro darajadagi xitlar yaratgan. Musiqiy tanqidchilar kolumbiyalik yosh qo‘shiqchi ijodini ijobiy baholagan. 1997-yilda uning albomi Billboard Latin Music Awards’da 2 yo‘nalishdagi mukofotga loyiq topilgan.

Foto: Google Images

1999-yilda Shakira “Eng yaxshi Lotin Amerika rok ijrochisi” sifatida Gremmi mukofoti, MTV Unplugged albomi esa 5 marta 2 yo‘nalishda mukofot bilan taqdirlangan.

Foto: Google Images

Xalqaro darajada ham o‘zini sinab ko‘rish maqsadida u ingliz tilida ham qo‘shiqlar yoza boshlagan. Birgina “Whenever, Wherever” singlining o‘zi xit-paradlardan tushmagan. 2001-yilda Laundry Service nomli ingliz tilidagi qo‘shiqlardan iborat albom muxlislarga taqdim etilgan. Tinglovchilar tomonidan iliq qabul qilinganiga qaramay, albomni kinotanqidchilar “­amerikacha” uslubdagi pop-musiqaga ortiqcha taqlid shuningdek, ispancha o‘ziga xoslik yo‘q deb fikr bildirgan.

Foto: Google Images

2005-yilda chiqqan ispan tilidagi “Fijación Oral, Vol. 1” albomi 4 million nusxada sotilgan. 2007-yilda Beyonse bilan birgalikdagi Beautiful Liar dueti Billboard Hot-100 chatida rekord natija qayd qilgan va “Eng yaxshi birgalikdagi pop-vokal ijro” deb topilgan. 2010-yilda Janubiy Afrikadagi futbol Jahon chempionati uchun kuylagan Waka Waka (This time for Africa) qo‘shig‘i dunyo xit-paradidan anchagacha tushmagan. 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol Jahon chempionatining yopilish marosimida “La la la” qo‘shig‘ini ijro qilgan.

Foto: Reuters

Shakira bolaligida, shahar bog‘larida uysiz, ota-onasiz bolalarni ko‘rib, katta bo‘lsa xayriya ishlarini amalga oshirishga qat’iy qaror qilgan. Bolalikdagi vadasiga muvofiq, 1997-yili Pies Descalzos Foundation deb nomlangan bolalar xayriya fondiga asos solgan. Fond Kolumbiya hududida, bolalarga ta’lim beradigan va oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan 5 ta maktabga asos solgan. 2003-yilda qo‘shiqchining biografiyasida xayrli loyihalar soni yana bir martaga ko‘paydi, Shakira UNICEF’ning xayriya ishlari bo‘yicha rasmiy vakili bo‘ldi.

Foto: Google Images

2000-yilda Shakira advokat Antonio de la Rua bilan shaxsiy munosabatda bo‘lgan biroq, 2011-yilda juftlik munosabatlariga nuqta qo‘ygan. 2010-yildagi futbol jahon chempionati uchun Waka Waka klipini suratga olish jarayonida esa qo‘shiqchi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Jerar Pike bilan tanishgan. Juftlik 2013-yilda ota-ona bo‘lgan va ularning farzandi 2015-yilda yana bittaga ko‘paygan.

Foto: Google Images

От qwert.uz