Xitoyda koronavirus tufayli davom etayotgan murakkab epidemik vaziyat tufayli Gonkong aholisi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilib qo‘yish maqsadida do‘kon rastalarini bo‘shatib tashlamoqda, deb yozadi “RBK”.

Foto: AP

Ayni paytda gonkongliklar o‘rtasida eng talab yuqori mahsulotlar — guruch, lapsha, hojatxona qog‘ozi va dezinfeksiya vositalari  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Dorixonalardan dori sotib olish uchun fuqarolardan oldindan yozilish talab qilinmoqda.

“Ertaga vaziyat qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hatto guruch topa olmayapmiz. Yana birpas kutaman, balki kerakli narsalarni olib kelib qolishar” , — deydi gonkonglik ayol.

Gonkongdagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i Wellcome ma’muriyati tovarlar yetishmasligi va talabning yuqori ekanligidan mahsulotlarni uyga yetkazib berish xizmati ishlamayotganini ma’lum qildi.

Mahalliy hokimiyat aholidan vahimaga tushmaslikni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi.

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

Foto: AP

От qwert.uz