Tailandning Nakxonratchasima shahrida harbiy xizmatchi Jakrapant Tomma tomonidan amalga oshirilgan ommaviy qotillik sababi oshkor bo‘ldi. Tailandlik harbiy ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomadagi adolatsizlikdan jahli chiqib, ushbu jinoyatga qo‘l urgan. Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha ushbu ma’lumotni tasdiqlagan, deb yozmoqda Reuters.

Foto: Sinxua

Chan-Ochaning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha kelishmovchilik jinoyatni sodir etgan kapral va uning qarindoshi bo‘lgan harbiy qism boshlig‘i o‘rtasidagi nizoga sabab bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: Thenypost

U komandirini savdo markaziga yetib borguniga qadar otib tashlagan.

Chan-Ochaning aytishicha, savdo markazidagi otishma oqibatida 26 nafar odam halok bo‘lgan, jinoyatchi maxsus operatsiya paytida o‘ldirilgan. 52 nafar odam turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Foto: Facebook

Foto: Skynews

От qwert.uz