Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi ayol bola huquqlari bo‘yicha mintaqaviy vakilga murojaat qilib, shifokorlar va “Rospotrebnadzor” xodimlari ayol uyda bo‘lmagan vaqtda uning qizidan koronavirus bo‘yicha qon tahlili olganini ma’lum qilgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “Yandeks”

Bolalar ombudsmani ma’muriyati tomonidan ma’lum qilinishicha, 30-yanvar kuni mutaxassislar bir hafta oldin Xitoydan qaytgan qizni koronavirus bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Qizning onasi tomonidan ma’lum qilinishicha, tahlillar ota-ona uyda bo‘lmagan vaqtda olingan. Ular esa tekshiruv o‘tkazishga rozilik bermagan edi. Ayol ombudsmanni aybdorlarni jazolashga chaqirgan.

“Rospotrebnadzor” xizmat xodimlari va tuman poliklinikasi shifokorlari qizdan tahlillar olganini tasdiqlagan. Bolalar ombudsmani ma’muriyati mansab vakolatidan chiqqani uchun aybdorlar intizomiy javobgarlikka tortilishni va’da qilgan.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi axborotida mamlakatda yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 908 kishiga yetgani ma’lum qilindi. 9-fevral, yakshanba kuni, kasallik oqibatida 811 kishi vafot etgani haqida axborot berilgandi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 40 171 holat qayd etilgan — 35 982 kishi hozirda davolanishda, shundan 6 484 kishining ahvoli og‘ir, yana 3 281 kishiga shifoxonadan uyiga javob berilgan.

От qwert.uz