13-fevral, payshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Pekin, Xitoy
Xitoy poytaxtida niqob taqib olib, velosipedda harakatlanayotgan erkak. Hozirda koronavirus tufayli Xitoyda vafot etganlar soni 1300 dan oshib ketdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Reuters
Bristol, Buyuk Britaniya
Bristolda cho‘zmadan otayotgan qizaloqning graffitisi paydo bo‘ldi. Bu Benksining yangi ishi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.

Foto: PA
Van, Turkiya
Turkiya sharqidagi Van viloyatiga bir metrdan ortiq qor yog‘di. Shu sababli 687 ta aholi punktiga olib boruvchi yo‘llar yopilib qoldi. Fevral boshida Van viloyatida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘lgandi.

Foto: Getty Images
San-Lorenso, Paragvay
Federal ishchi Denge bezgagi tashuvchisi hisoblangan chivinlarni yo‘qotish uchun maktab hududida fumigatsiya (tutatish) qilmoqda.

Foto: Reuters
Gonkong
Ikki xaridor supermarketning bo‘sh peshtaxtalari yonidan o‘tmoqda. Hozirda Gonkongda koronavirus bilan kasallanganlar soni 50 nafarga yetgan.

Foto: Shutterstock
Montenver, Fransiya
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shamoni tog‘-chang‘i kurortidagi Mer de Glas muz kompleksiga tashrif buyurdi.

Foto: AFP
Vena, Avstriya
Qutb ayig‘ining bolasi onasi Nora bilan birga sayr qilmoqda. Noyabrda tug‘ilib, hozirgacha ism berilmagan ayiq bolasi ilk bor Shenbrunndagi hayvonot bog‘ida omma oldiga chiqdi.

Foto: Getty Images
Sidney, Avstraliya
Po‘rtana katta miqdordagi suv o‘tlarini Kugi plyajiga chiqarib tashladi.

Foto: EPA
Torsbi, Shvetsiya
Toyota Yaris WRC mashinasidagi fransuzlar rallida ishtirok etmoqda.

Foto: Reuters
Guandun, Xitoy
Guanchjoudagi ko‘p qavatli uylar oldidagi havo dezinfeksiya qilinmoqda. Koronavirus bilan kasallanganlarni hisoblash usuli o‘zgartirilganidan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshdi.

Foto: Reuters
Shotlandiya, Buyuk Britaniya
Chanada sirpanchiq uchayotgan bolakay.

Foto: Reuters
Yoxannesburg, JAR
2019-yil dekabrida Olam go‘zali deb topilgan Zozibini Tunzi vataniga qaytdi. 2019-yilda beshta asosiy go‘zallik tanlovining barchasida birinchi marta qora tanlilar g‘olib chiqdi.

Foto: EPA
Nazare, Portugal
Portugaliyada o‘tkazilayotgan syorfing musobaqasi qatnashchisi katta to‘lqinlar sari harakatlanmoqda.

Foto: Reuters
Mexiko, Meksika
Meksika kongressi binosiga zinalardan chiqib borayotgan erkak.

Foto: Reuters
Nakxonratchasima, Tailand
Terminal 21 savdo markazida buddist monaxlari ommaviy qotillik qurbonlarining xotirasi diniy marosim o‘tkazdi. 8-fevral kuni Nakxonratchasima shahrida harbiy xizmatchi Jakrapant Tomma bir necha xizmatdoshini otib tashlab, harbiy avtomobilni o‘g‘irladi va savdo markazini o‘qqa tutdi. Hodisa oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, o‘nlab odamlar jarohat oldi.

Foto: EPA
Pekin, Xitoy
Niqob taqqan erkak niqob taqqan iti bilan sayr qilmoqda.

Foto: AFP
Xios, Gretsiya
Xios orolida qochoqlar uchun lager qurilishiga qarshi mahalliy aholi tog‘ yonbag‘riga matodan banner o‘rnatdi. Ular matolardan “yo‘q” so‘zini yasadi.

Foto: EPA
Mumbay, Hindiston
Mumbayda moda haftaligi o‘tkazilmoqda.

Foto: EPA
Manila, Filippin
Manilada PETA faollari taomlarda go‘shtning ishlatilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Hayvon himoyachilari o‘limga olib keluvchi kasalliklardan himoyalanish uchun odamlarni vegetarian bo‘lishga chaqirdi.

Foto: EPA
Toshkent, O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoyga koronavirusga qarshi kurashish uchun gumanitar yordam yubordi. Il-76 samolyotiga ortilgan gumanitar yuk tarkibida eng zaruriy tibbiy anjomlar, xususan, Xitoyda ayni paytda talab etilayotgan bir marta qo‘llanadigan steril qo‘lqoplar, himoyalovchi ust kiyim, niqob va boshqalar mavjud.

Foto: Reuters
