Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida “Yuqumli kasalliklar profilaktikasi” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyatda 189 nafar fuqaro koronavirusga qarshi tibbiy kuzatuvga olingani ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida tashkil etilgan koronavirusning oldini olish bo‘yicha shtab ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga gumon qilinganlarga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi,    shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shifokor reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va virusologlardan iborat 3 ta tezkor guruh tuzilgan. Ishchi guruhlar kecha-yu kunduz ishlamoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida 2020-yil yanvardan 12-fevralgacha Xitoyda bo‘lib qaytgan 189 nafar viloyat fuqarosi ro‘yxatga olingan. Shulardan bir nafarining manzili aniqlanmoqda. 27 nafari Toshkent shahrida va 1 nafari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashayotganligi aniqlanib, tibbiy kuzatuvga olingan. 189 nafaridan 112 nafarining 14 kun tibbiy kuzatuv vaqti tugagan va ular sog‘lom. Qolgan 48 nafar fuqaro ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, har bir yo‘lovchi kelgan kunidan boshlab 14 kun davomida tibbiy kuzatuvga olingan, tana harorati bir kunda ikki marta o‘lchab turilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda va Nishon tumani Tallimarjon sanitar-nazorat punktida masofaviy termometr (4 ta pirometr), 70 ta tibbiyot termometri va Qarshi xalqaro aeroportida teplovizor, 4 ta pirometr, 100 ta tibbiyot termometri bilan ta’minlangan. 2020-yil yanvar oyida Nishon tuman Tallimarjon sanitar-nazorat punktidan 1000 kishi, shundan xorijiy davlatdan 945 kishi va 1-fevraldan 11-fevral kuniga qadar 73 nafar, shundan 72 nafari xorijiy fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlanmagan.

Qarshi xalqaro aeroporti sanitar-nazorat punktidan yanvar oyida 3 ming 756 kishi, shundan 97 nafari xorijiy, 1-fevraldan 10-fevral kuniga kadar 1 ming 464 nafar shundan 319 nafar xorijiy fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 7 nafar fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Koronovirus infeksiyasi aniqlanmadi. Bemorlarga o‘tkir respirator kasalligi tashxisi qo‘yilib, 4 nafari sog‘lom holatda uyga javob berilgan. Hozirgi kunda yotqizilgan 3 nafar fuqaro ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

От qwert.uz