Qo‘qonda choyxonada janjallashgan erkak bir necha kishini ov miltig‘i bilan jarohatlagani haqida xabar berilgandi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Daryo”
6-fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 00:50 larda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasidan IIBga shoshilinch xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra 25 yoshli M.B., 28 yoshli Q.A. hamda 31 yoshli J.Sh. tanasining turli sohalarida sochma o‘qdan kelib chiqqan tan jarohatlari bilan murojaat qilganliklari aniqlangan.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Shu kuni soat 00:10 larda M.B., K.A., va J.Sh. Qo‘qon shahrida joylashgan “Shedevr” choyxonasiga kelganlarida shu yerda bo‘lgan 27 yoshli A.U. va uning sheriklari bilan o‘zaro janjallashib qolgan. A.U.ning yonida bo‘lgan tanishi 27 yoshli Z.M. tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan “IJ-18” rusumli qirqma miltig‘i bilan B.M, A.Q va Sh.J.ga qarata ikki marotaba o‘q uzib, tan jarohati yetkazib hodisa joyidan yashiringan.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd” va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14-fevral kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida o‘tkazilgan “Tong” tadbiri davomida ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Foto: Farg‘ona viloyati IIB