14-fevral, juma kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Manila, Filippin

Maniladagi bozorda tibbiyot niqoblari gullar bilan birga sotilmoqda. Sotuvchi Monika Kastroning so‘zlariga ko‘ra, gullar koronavirus dahshatidan so‘ng odamlarning kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: EPA

Xevron, Falastin

Ibrohim masjidida namoz o‘qiyotgan falastinliklar.

Foto: Reuters

Shanxay, Xitoy

Valentin kunida nikohdan o‘tgan 29 yoshli Szya va uning xotini 28 yoshli Su nikoh guvohnomasi bilan suratga tushmoqda.

Foto: Reuters

Izmir, Turkiya

Jandarmeriya maktabida zobitlarni tayyorlash dasturi doirasida o‘qitilayotgan ayollar.

Foto: Getty Images

Chikago, AQSh

Qalin muz bilan qoplangan velosiped.

Foto: AP

Antarktida

Antarktidada havo harorati ko‘tarilib, tarixda ilk marta 20 daraja issiq bo‘ldi.

Foto: EPA

Mapel, Janubiy Sudan

BMTning yarashtiruv dasturi asosidagi missiya doirasida stajyor askarlar qurollarning yog‘ochdan yasalgan modelini ko‘tarib olgan. BMT dasturi hukumat va muxolifat kuchlarini birlashtirishga qaratilgan.

Foto: AFP

Sianukvil, Kambodja

Westerdam kruiz layneridan qirg‘oqqa tushgan yo‘lovchilarning xursandchiligi. Koronavirus xavfi sabab besh mamlakat laynerni qabul qilishni istamagandi.

Foto: Getty Images

Foto: AP

Manila, Filippin

Valentin kunida ommaviy to‘y marosimlari o‘tkazildi.

Foto: Shutterstock

Ayuttxaya, Tailand

Ayuttxayadagi maktab o‘quvchilari Valentin kunida koronavirus avj olgan Xitoyni qo‘llab-quvvatlash uchun yurak shaklini hosil qilmoqda.

Foto: Reuters

Novosibirsk, Rossiya

Ikkinchi jahon urushi faxriylari Sibirdagi xotira galereyasida.

Foto: “TASS”

Bryussel, Belgiya

Shokoladli bosh kiyim kiygan model shokoladlar festivali doirasidagi moda namoyishiga chiqishga hozirlanmoqda.

Foto: AFP

Singapur

Singapurdagi “Kelajak dunyosi: san’at va ilm-fan uchrashadigan joy” nomli ko‘rgazma.

Foto: Reuters

Vellington, Yangi Zelandiya

Chiroqlar festivali doirasida raqs tushayotgan ayollar.

Foto: AFP

Yakutsk, Rossiya

Kaliningradlik erkak Yakutskda qor ostida uzoq vaqt bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Oleg Rezanov 35 daraja sovuqda qor ostida 12 daqiqa 52 soniya tura oldi.

Foto: “TASS”

Germaniya

Kansler Angela Merkel 2 yevro qiymatidagi esdalik tangalari namoyishida ishtirok etdi.

Foto: EPA

Kashmir, Hindiston

Harbiylar Pulvamadagi hujumga bir yil to‘lishi munosabati bilan halok bo‘lganlarning xotirasiga hurmat ko‘rsatmoqda. 2019-yil 14-fevralda politsiyachilarni olib ketayotgan avtobusga Kashmirdagi terrorchilik tashkiloti a’zosi boshqaruvidagi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina kelib urilgandi.

Foto: EPA

Ayuttxaya, Tailand

Valentin kuni maktabda himoya niqobida kelayotgan qiz.

Foto: Reuters

От qwert.uz