Yakuniga yetayotgan haftaning eng qiziqarli suratlari jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz.

Uxan, Xitoy

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridagi supermarket kassiri himoya vositalaridan foydalangan holda ishlamoqda. Koronavirus tufayli vafot etganlar soni 1500 kishidan, kasallanganlar soni 66 ming nafardan oshib ketdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Bursa, Turkiya

Tomi oppoq qor bilan qoplangan uylar.

Foto: Getty Images

Nyu-York, AQSh

Nyu-Yorkdagi moda haftaligida podiumga chiqqan model.

Foto: Getty Images

Bogota, Kolumbiya

Bogotada korridolar mavsumi boshlandi.

Foto: EPA

Kaminas, Suriya

Kaminas qishlog‘i atrofidagi turk harbiylari. Turkiya Idlibda nazorat o‘rnatish uchun Suriyaga yana qo‘shin jo‘natdi.

Foto: Getty Images

Qo‘qon, Farg‘ona viloyati

Qo‘qondagi choyxonada yuz bergan otishmadan so‘ng qo‘lga olingan shaxslardan olib qo‘yilgan arbalet.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Bristol, Buyuk Britaniya

Bristoldagi hayvonot bog‘ida Valentin kuni nishonlandi.

Foto: PA

Pekin, Xitoy

Ustiga plastik kiyim, yuziga niqob taqib olgan er-xotin Pekindagi supermarketda xaridlarni amalga oshirmoqda.

Foto: Getty Images

Fevral boshida O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini bildirgan. 14-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus kasalligi O‘zbekistonda qayd qilinmagan. Koronavirusning oldini olish uchun O‘zbekistonda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Los-Anjeles, AQSh

Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor nominatsiyasida “Oskar” olgan Bred Pitt o‘z mukofotiga ismi yozilishini tabassum bilan kutmoqda. U aktyor sifatida ilk bor “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.

Foto: Reuters

Janubiy Uels, Avstraliya

O‘rmon yong‘inlari sabab yetim qolgan kenguru.

Foto: Reuters

Singapur

Mashg‘ulot lageridagi harbiy ayollar isitmasini o‘lchamoqda.

Foto: EPA

Valensiya, Ispaniya

Fermerlar o‘z mahsulotlariga belgilangan narxlar tufayli norozilik aksiyasi o‘tkazdi. 800 ta traktordagi fermer buqalar jangi o‘tkaziladigan arena yonidan o‘tib ketmoqda.

Foto: Getty Images

Epplbi-in-Uestmorlend, Angliya

Buyuk Britaniyaga “Kiara” to‘foni yopirildi. Kuchli shamol va suv toshqinlarini yuzaga keltirgan to‘fon tufayli poyezd, samolyot va parom qatnovlari bekor qilindi.

Foto: PA

Kasablanka, Marokash

Juma namozidan keyin Hassan II masjididagi oila. Ushbu masjida Afrikadagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi.

Foto: AP

Nakxonratchasima, Tailand

Harbiylar Terminal 21 savdo markazidagi ommaviy otishma paytida garovga olingan ayolni qutqarmoqda. 8-fevral kuni Nakxonratchasima shahrida harbiy xizmatchi Jakrapant Tomma bir necha xizmatdoshini otib tashlab, harbiy avtomobilni o‘g‘irladi va savdo markazini o‘qqa tutdi. Hodisa oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, o‘nlab odamlar jarohat oldi.

Foto: EPA

Ekvador

Ekvadordagi Llagantes milliy bog‘ida lamalar o‘rtasidagi poygaga tayyorlanayotgan qizaloq.

Foto: AP

Idlib, Suriya

Suriya harbiy-havo kuchlari vertolyoti “Jabhat an-Nusra” terrorchilari tomonidan urib tushirildi. Ekipaj a’zolarining bari halok bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Gavana, Kuba

Turnikda mashq qilayotgan o‘smirlar.

Foto: AP Photo

Katakvi, Uganda

Mudofaa qo‘shinlari askari sariq chigirtkani ushlab turibdi. Uganda hukumati chigirtkalarga qarshi kurashish uchun harbiylarni yubordi. Chigirtkalar Keniyada ekin maydonlarini yeb bitirdi. Ular Efiopiya va Somaliga ham xavf solmoqda. Chigirtkalar tufayli Afrika sharqida ocharchilik yuzaga kelishi mumkin.

Foto: Getty Images

Frankfurt, Germaniya

“Kiara” to‘foni tufayli Frankfurtdagi bosh cherkov tomiga kran qulab tushdi. Kuchli shamol va yomg‘ir sabab Germaniyada havo, temiryo‘l va dengiz qatnovlari to‘xtab qoldi. Bir nechta sport musobaqalari, shuningdek, ba’zi maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi. Elektr uzilib, mamlakat g‘arbidagi ko‘plab obyektlarga zarar yetdi.

Foto: Getty Images

Ontario, Kanada

Meysam Salohiy ukasi Muhsin Salohiy va kelini Mahsa Amirliravining suratini ushlab turibdi. Muhsin va Mahsa Eron tomonidan urib tushirilgan Ukraina samolyoti bortida bo‘lgan.

Foto: Reuters

Pekin, Xitoy

Sigvey ustidagi erkak do‘konda xaridlarni amalga oshirmoqda. Butun Xitoydan 25 mingdan ortiq tibbiyot xodimi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga yuborildi.

Foto: Getty Images

Bayrut, Livan

Politsiya parlament binosi oldidan namoyish o‘tkazayotganlarni tarqatib yuborish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalanmoqda.

Foto: AP Photo

Nyu-York, AQSh

Moda haftaligi doirasida Marc Jacobs kolleksiyasi namoyishi.

Foto: Reuters

Edinburg, Shotlandiya

Shotlandiyada 20 yil ichida ikkinchi marta shimpanze tug‘ildi.

Foto: “TASS”

Shanxay, Xitoy

Shanxay minorasi va Shanxay butunjahon moliyaviy markazi binolarining tepa qismi shaharni qalin tuman qoplagan vaqtda.

Foto: Getty Images

От qwert.uz