16-fevral, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Yokogama, Yaponiya
Diamond Princess sayohat kemasida yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olganlar 70 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 355 kishiga yetdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: AFP
Quyi Kaliforniya, Meksika
Odamlar AQSh bilan chegaradagi to‘siqqa yurak shaklini chizmoqda.

Foto: EPA
London, Buyuk Britaniya
Devid Bekxem farzandlari Romeo, Kruz va Xarper bilan Londondagi moda haftaligida Viktoriya Bekxem kolleksiyasidagi liboslarni tomosha qilmoqda.

Foto: AFP
Nitssa, Fransiya
Nitssadagi karnavalda modelyerlar Soni Rikel, Jan-Pol Gotye va Karl Lagerfeldlarning pufakdan yasalgan ulkan modellari olib o‘tildi.

Foto: Getty Images
Islomobod, Pokiston
Qochoqlar lageridagi bolalar.

Foto: Getty Images
Dubay, BAA
Butunjahon ayollar forumi ochilishida O‘zbekiston Prezidentining qizi Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp bilan ko‘rishdi.

Saida Mirziyoyeva va Ivanka Tramp.
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Tailand
Koronavirus sabab xitoylik turistlarga qo‘yilgan ayrim taqiqlar tufayli Tailand, Laos, Vyetnam va Kambodjada sayyohlar soni keskin kamayib ketdi.

Foto: AFP
Texas, AQSh
Musobaqa vaqtida buqa 10 yoshli chavandozni uloqtirib tashlamoqda.

Foto: Getty Images
Shanxay, Xitoy
Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan itlar.

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya
G‘ozlar “Dennis” to‘foni tufayli Severn daryosining toshib ketgan suvlari ustida suzmoqda.

Foto: AFP
Assam, Hindiston
Musulmon ayollari musulmonlarni kamsituvchi yangi qonunga qarshi namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images
Pyura, Peru
Ekvadorning “Barselona SK” futbol klubi ishqibozlari bo‘lgan avtobus Peruda 15 metr balandlikdan qulab tushgan. Hodisa oqibatida sakkiz nafar fanat halok bo‘ldi.

Foto: EPA
Roztoki, Chexiya
Bahor kelishi arafasida nishonlanadigan Myasopust karnavali.

Foto: Shutterstock
London, Buyuk Britaniya
Londondagi moda haftaligida Richard Kuinn ijodiga mansub libosni namoyish etayotgan model.

Foto: EPA
Jindayris, Suriya
Urush davom etayotgan hududlardan ko‘chirilgan bolalar.

Foto: Getty Images
Kaliningrad, Rossiya
Markaziy bozorda otib o‘ldirilgan er-xotin ishlagan joyga odamlar gullar keltirmoqda. Er-xotinni otib tashlagan erkak ham ular bilan birga sabzavotlar sotgan. Joy talashish tufayli ular o‘rtasida nizo kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Qotil er-xotin va ularning 13 yoshli o‘g‘lini ov miltig‘idan otgan, bola omon qolgan. Jinoyatchi keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Foto: “TASS”