Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi, deb xabar beradi Reuters.
Foto: “Kazinform”
Dori vositasida sotuvga chiqqach, kompaniya uni klinik sinovdan o‘tkazishni davom ettirishi kerak bo‘ladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Xitoy Ilm-fan va texnika vazirligining ma’lum qilishicha, “Favipiravir”ning klinik sinovlarida 70 kishi ishtirok etgan bo‘lib, mazkur dori vositasi “nisbatan aniq samaraga” ega.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanishini ma’lum qilgandi. Xitoyning AQShdagi elchisi esa koronavirusning harbiy ixtirolarga bog‘liqligini rad etgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,o‘tgan bir sutka davomida Xubey provinsiyasida koronavirus oqibatida 100 kishi vafot etgan.