Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 72 ming kishidan oshib ketdi. Virus oqibatida vafot etganlar soni esa 1868 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

So‘nggi bir sutka davomida mamlakat hududida yana 1886 odam virusni yuqtirib olgani aniqlangan, ularning aksariyati Xubey provinsiyasida. 17-fevral kunining o‘zida 98 kishi virus oqibatida vafot etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Shu bilan birga o‘tgan sutka davomida davolangan 1701 kishiga shifoxonadan javob berilgan, tekshiruvlardan o‘tgan 27 908 kishidan virus aniqlanmagan.

Jami 12 552 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, butun mamlakat bo‘ylab tekshiruvlardan o‘tganlar soni 561 ming kishiga yetgan.

Avvalroq Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda “hal qiluvchi palla” kelgani, koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi xabar berilgan.

Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi.

От qwert.uz