Xitoyning Uxan shahrida koronavirusni yuqtirganlar uchun vaqtincha gospitallar ochilishi davom etmoqda. Ulardan biri ko‘rgazmalar markazida joylashgan bo‘lib, uch ming kishiga mo‘ljallangan. “RBK” ushbu gospital qanday ishlayotgani haqida reportaj tayyorladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: “RBK”

Ko‘rgazmalar markazi 7-fevral kuni gospitalga aylantirilgan. Markaz bemorlarni qabul qilishdan uch kun avval zarur buyumlar bilan jihozlandi.

So‘nggi sutkalarda Uxanda yana 1,6 ming kishining koronavirusni yuqtirgani tasdiqlandi. Xitoy sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 73 ming nafar bemor aniqlangan.

Foto: “RBK”

The Global Times nashri gospitaldagi bemorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi shart-sharoitlar haqida maqola e’lon qildi. Qayd etilishicha, odatda bemorlar ertalab soat 06:00 da uyg‘onadi hamda ichimlik suvi va nonushta oladi.

Bemorlar tekshiruvdan o‘tganidan so‘ng, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi. Kasalxonaning har bir bo‘limida kamida 50 nafar bemor davolanadi.

Gospitalda ayollar va erkaklar alohida joylashtiriladi.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

От qwert.uz