18-fevral, seshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Xubey, Xitoy

Himoya kiyimlarini kiyib olgan ishchilar koronavirus o‘chog‘i sanalgan Uxan shahridagi uylarni tekshirmoqda. Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 72 ming kishidan oshib ketdi.

Foto: Reuters

Pokiston

Poliomiyelitga qarshi emlash jarayoni.

Foto: AP Photo

Abu-Dabi, BAA

Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ukasi Alisher bilan Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Sianukvil, Kambodja

Qurilish maydoni yaqinidagi erkak. Xitoyda tarqalgan koronavirus sababli Kambodjada sayyohlar oqimi kamaydi.

Foto: Getty Images

Florida, AQSh

Daytona 500 Nascar poygalarida amerikalik Rayan Nyuman finishga yaqin avariya bo‘ldi va og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi.

Foto: Reuters

Menton, Fransiya

Menton shahrida limonlar festivali ochildi.

Foto: EPA

Abu-Dabi, BAA

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Shayx Zayd masjidiga tashrif buyurdi.

Foto: Reuters

Shanxay, Xitoy

Temiryo‘l bekatidagi eskalatorda tushayotgan erkak.

Foto: Reuters

Kinshasa, Kongo DR

Jamoat transporti YTHga uchragan joyga to‘plangan odamlar.

Foto: Reuters

Milan, Italiya

Milanda moda haftaligi arafasida ekofaollarning liboslarda hayvonlar mo‘ynasi va terisidan foydalanilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi.

Foto: AP Photo

Gonkong

Tay Mo Shan tog‘i cho‘qqisida koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan buddistlarning diniy marosimi o‘tkazildi.

Foto: EPA

Toshkent viloyati

“Bo‘ston” sanatoriysida ikki hafta davomida karantinda bo‘lgan o‘zbekistonliklarga uyiga javob berildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Katmandu, Nepal

Nepallik harbiylar Armiya kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan parad oldidan repeetitsiya qilmoqda. Nepal armiyasiga 1744-yilda asos solingan.

Foto: EPA

Katmanduliklar harbiy parad repetitsiyasini kuzatmoqda.

Foto: EPA

Barselona, Ispaniya

Barselona ko‘chalaridagi himoya niqobi taqqan va qo‘lidagi telefonida Mobile World Virus yozuvi tushirilgan Mona Liza portreti. Avvalroq Barselonada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Jahon mobil kongressi koronavirus sabab bekor qilingandi.

Foto: Getty Images

Tehron, Eron

Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy nutq qilmoqda.

Foto: Reuters

Shanxi, Xitoy

Ishchilar shahar ko‘chalarini dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters

Mit grafligi, Irlandiya

Ot poygasi ishtirokchilari.

Foto: Getty Images

Mumbay, Hindiston

Sohilbo‘yida telefonda so‘zlashayotgan erkak.

Foto: Getty Images

Barretos, Braziliya

Veterinar Mariya Anjela Panelli to‘tiqushni operatsiya qilib, unga rezina tumshuq qo‘ydi.

Foto: Reuters

Shanxay, Xitoy

Himoya niqobi taqib olgan ayol velosipedda sayr qilmoqda.

Foto: Getty Images

Afina, Gretsiya

Pensiya islohotiga qarshi Afinada 24 soatlik ish tashlash uyushtirildi.

Foto: Getty Images

От qwert.uz