24-fevral, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Tegu, Janubiy Koreya

Shifoxona tashqarisida hordiq chiqarayotgan tibbiyot xodimi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Reuters

Port-o-Prens, Gaiti

Gaiti poytaxtida bo‘layotgan tartibsizliklar tufayli mamlakatda o‘tkaziladigan karnaval bekor qilindi.

Foto: Reuters

G‘azo sektori

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga berilgan zarbadan keyingi olov va tutun uzoqdan ko‘rinmoqda.

Foto: Reuters

Ahmadobod, Hindiston

Sardor Patel stadionida Donald Tramp chiqish qilayotgan paytda xavfsizlikni ta’minlayotgan AQSh maxfiy xizmati va Hindiston maxsus himoya guruhi a’zolari.

Foto: AFP

Mavzuga doir: “Namaste Tramp”. AQSh prezidentining Hindistonga tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rildi? (fotogalereya)

Milan, Italiya

“San-Siro” stadioni oldidagi “Inter” muxlisi. Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi doirasidagi bir nechta o‘yin qoldirildi.

Foto: Reuters

Moskva, Rossiya

Vladimir Putin Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Noma’lum askar poyiga gul qo‘yish marosimida.

Foto: Reuters

Taltuna, Suriya

Yerosti boshpanasidagi suriyalik oila. Bu yerda Aleppo va Idlibdan ko‘chirilgan bir necha oila yashamoqda.

Foto: AFP

Nyu-Deli, Hindiston

Fuqarolik bo‘yicha yangi qonun tarafdori qonunga qarshilar tomon tosh otmoqda.

Foto: Reuters

Italiya

Italiyaning 12 ta shahrida koronavirus tufayli karantin e’lon qilindi.

Foto: EPA

Vinya-del-Mar, Chili

Hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: Reuters

Seul, Janubiy Koreya

Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan ayol ko‘zgular oldidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Agra, Hindiston

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Toj Mahal yodgorligini ziyorat qildi.

Foto: Reuters

London, Angliya

Wikileaks asoschisi Julian Assanjning AQShga ekstraditsiya qilish masalasi bo‘yicha sud boshlandi.

Foto: Reuters

Fahahil, Kuvayt

Maxsus xizmat xodimi Erondan evakuatsiya qilingan fuqarolar karantinga joylashtirilgan mehmonxonani qo‘riqlamoqda.

Foto: Reuters

Mavzuga doir: Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi

Olmaota, Qozog‘iston

Hukumatga qarshi namoyish ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: Reuters

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Viraduro samba maktabi ishtirokchilarining karnavaldagi chiqishi.

Foto: Reuters

Folkmarzen, Germaniya

Karnaval vaqtida yengil mashina odamlarni bosib ketishi oqibatida 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Haydovchi qo‘lga olindi.

Foto: EPA

Tikipaya, Boliviya

Ko‘ngillilar toshqinlarga sabab bo‘lgan kuchli yomg‘irdan keyin odamlarning shaxsiy buyumlarini ko‘chirishga yordam bermoqda.

Foto: Reuters

Milan, Italiya

Jorjio Armani koronavirus sababli modalar namoyishini bekor qildi.

Foto: Reuters

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus avj olmoqda: Karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi

Najaf, Iroq

Hukumatga qarshi namoyish o‘tkazayotgan iroqliklar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan. Iroqda birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati eronlik talabada qayd etildi.

Foto: Reuters

От qwert.uz