Nigeriyada neft quvuri portlashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jabrlandi. Bu haqda Channels TV telekanaliga tayanib “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Portlash mamlakatning eng yirik shahri Lagos yaqinidagi Abul Ado hududida sodir bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Shtat politsiya komissari Hakim Odumosuning so‘zlariga ko‘ra, quvurda portlash yuzaga kelishiga inson omili sabab bo‘lgan. U terakt yoki vandalizm sodir bo‘lganini inkor etgan.

Foto: AFP

Birinchi portlashdan so‘ng bir nechta ikkinchi darajali portlashlar sodir bo‘lgan va u vayrongarchilikka olib kelgan. Xususan, mahalliy cherkov butunlay vayron bo‘lgan va yotoqxona binosiga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, bir nechta turar joylar ham butunlay va qisman vayron bo‘lgan.

Foto: AFP

Ushbu hududda yashovchi aholi jabrlanmaslik maqsadida o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Barcha jarohatlanganlarga voqea joyining o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, og‘ir jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

От qwert.uz