“Sirdaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Loyihani amalga oshirish doirasida:

  • 2020—2024-yillarda – 25 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi;
  • kamida 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi bo‘limlari terminal hududida bepul joylashtiriladi.

Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.

Shuningdek, savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan, xalqaro logistika xizmatlari ko‘rsatiladi.

От qwert.uz